Aziz ota-onalar va jajji kitobxonlar!
Ertaklar – bolalar qalbiga ezgulik, mehr-oqibat, halollik va do‘stlik tuyg‘ularini singdiradigan bebaho ma’naviy xazinadir. Har bir ertak bolaning tasavvurini boyitadi, nutqini rivojlantiradi va kitobga mehr uyg‘otadi.

Olot tuman Axborot-kutubxona markazi sizni bolalar uchun tavsiya etilgan ertak kitoblari ko‘rgazmasi bilan tanishishga chorlaydi.
Kitob o‘qing, ertaklar olamiga sayohat qiling va bilim sari dadil qadam tashlang!
