Olot tumani Axborot -kutubxona markazida Kitobxonlik haftaligi boshlandi. Tadbirda Olot tumanidagi “Kitobsevar millat”shiori ostida 1-umumta’lim o’rta maktabi jamoasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olot tumani bo’linmasi rahbari D.Jo’rayeva ishtirok etdilar. Haftalikning 1-kunida Xayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” asarining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirni D.Jo’rayeva olib bordi, “Yaldo kechasi” asarining qisqacha mazmuni haqida gapirib o’tdilar, ushbu asar A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” asarining davomi sifatida yozilgan asar ekanligini ta’kidlab o’tdilar. 1-maktab o’qituvchisi Maxfiza Nurmatova o’zlari o’qigan badiiy asarlardan parchalar aytib berdilar.




O’quvchilar esa o’zlarini qiziqtirgan savollarga AKM kutubxonachilari tomonidan javob oldilar. Tadbir qiziqarli o’tdi. Unda 35 kishi ishtirok etdi, 30 kishi yoshlardan iborat.