Olot tuman hokimi Nargiza Nematovaning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrigi

Aziz bolajonlar!

Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Yoshlik — inson umrining eng beg‘ubor, orzu va imkoniyatlarga boy davridir. Sizlarning baxtli va barkamol voyaga yetishingiz davlatimiz va jamiyatimiz e’tiboridagi eng muhim vazifalardan biridir.

Bugun yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar sizlarning bilimli, iste’dodli va vatanparvar insonlar bo‘lib kamol topishingizga xizmat qilmoqda. Ishonamanki, sizlar o‘z yutuqlaringiz, intilishlaringiz va mehnatingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shasiz.

Bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, quvonch, baxt-saodat, o‘qish va ijodingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *