OLOT TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
Olot tumani axborot-kutubxona markazi tarixi. Olot tuman Axborot – kutubxobna markazi 2019 – yil 7 – iyundagi PQ 4354 – sonli Qarori asosida 2019 – yil 5 – dekabrda tashkil qilingan.Olot tuman Axborot – kutubxona markazida 12,75 shtat mavjud bo‘lib, jami
14 nafar xodim faoliyat yuritadi. Yangi bino bilan ta‘minlangan. 2024 yil bino qurilgan Binoning ikkinchi qavatida joylashgan bo‘lib, umumiy foydalanish maydoni -348 kv.m dan tashkil topadi. .
Axborot-kutubxona markazida 116351 nusxada 39205 nomda, Badiiy adabiyotlar mavjud bo‘lib, 22157 nomda 61240 nusxada o’zbek adabiyotlari mavjud. 4755 nomda 9796 nusxada lotin 17402 nomda 51444 nusxada kirill, 16850 nomda 54591 nusxada rus, 168 nomda 344 nusxada boshqa tillar, 22 nomda 57 nusxada ingliz, 8 nomda 23 nusxada qoraqalroq tili adabiyotlarimiz mavjud
Markazning asosiy vazifalari Aholiga Axborot kutubxona xizmati ko‘rsatish. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish Ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish
Elektron resurslar va milliy ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatini ta’minlash ega.
O‘zbekiston Respublikasida Axborot-kutubxona markazisohasini takomillashtirish va aholiga zamonaviy axborot xizmatlari ko‘rsatish maqsadida tuman Axborot-kutubxona markazilari tashkil etilgan . Olot tuman Axborot-kutubxona markazi ham shu tizimning bir qismi bo‘lib, 2019 yilda rasman faoliyat boshlagan. Markaz kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish aholini intellectual va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib kelmoqda
Asosiy vazifalari
Aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish;
Milliy va jahon adabiyoti namunalarini kitobxonlarga yetkazish;
Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;
Elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va kitob taqdimotlarini tashkil etish;
Nodir va qimmatli adabiyotlarni saqlash hamda targ‘ib qilish;
Axborot resurslarini jamlash, hisobga olish va kitob fondlarini boyitish.
Tuzilmasi
Axborot-kutubxona markazlari odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
Abonement bo‘limi;
O‘quv zali
Axborot-bibliografiya xizmati;
Elektron resurslar va raqamli xizmatlar bo‘limi;
Kitob fondini shakllantirish va saqlash bo‘limi;
Tuzilma muassasaning ichki nizomiga muvofiq shakllantiriladi.
Faoliyati
Markaz o‘z faoliyati davomida:
Kitobxonlarga bosma va elektron adabiyotlar taqdim etadi;
Turli mavzularda kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi;
Adiblar, shoirlar va olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi;
Yoshlar o‘rtasida mutolaa tanlovlari va ma’rifiy tadbirlar tashkil qiladi;
Axborot texnologiyalari asosida elektron xizmatlarni rivojlantiradi.
