🟢8 YOSHLI AKBARALI INGLIZ TILIDAN B2 SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI
🟢8 YOSHLI AKBARALI INGLIZ TILIDAN B2 SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI

🟢8 YOSHLI AKBARALI INGLIZ TILIDAN B2 SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI

🔆Olot tumanidagi 2-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Akbarali Asadov atigi sakkiz yoshda bo‘lishiga qaramay, ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritib, tengdoshlari orasida munosib yutuqqa erishdi. Bu natija uning bilimga chanqoqligi hamda ota-onasining to‘g‘ri yo‘naltirishi samarasidir.

➡️Yosh bilimdon nafaqat xorijiy tillarni o‘zlashtirishda, balki aniq fanlar bo‘yicha ham yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Xususan, u mental arifmetika yo‘nalishida o‘tkazilgan musobaqada viloyat miqyosida birinchi o‘rinni egallab, o‘z iqtidorini yana bir bor namoyon etdi.

💠Akbarali bugungi erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolish niyatida emas. U kelgusida ingliz tili bo‘yicha bilimlarini yanada takomillashtirib, bir yil ichida eng yuqori darajadagi xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *