Mustaqillik35  Olot
Mustaqillik35 Olot

Mustaqillik35 Olot

“Mustaqillik to‘yi” festivali Buxoro viloyatida davom etmoqda. Olot tumanida “Yagona vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida gala-konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida Vatanga muhabbat, tinchlik va birdamlikni ulug‘lovchi she’rlar o‘qildi, dilbar kuy-qo‘shiqlar yangradi. Ijodkorlar va san’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Konsert davomida tumanning nuroniylari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari raqsga tushib, Mustaqillik bayrami shukuhini birgalikda nishonladilar. Bayramona muhit barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *