Olotlik yoshlar uchun yangi kutubxona foydalanishga topshirildi.
Olotlik yoshlar uchun yangi kutubxona foydalanishga topshirildi.

Olotlik yoshlar uchun yangi kutubxona foydalanishga topshirildi.

Buxoro viloyatining eng chekka hududlaridan biri Olot tumani “Muxtor” mahallasida bugun unutilmas va quvonchli voqea yuz berdi — mahalla bolalari va yoshlarining bilim olishi, kitob o’qib, dunyoqarashi kengaytirishi hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida zamonaviy kutubxona foydalanishga topshirildi.

Mazkur maskanning ochilish marosimida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Tuman hokimi, mahalla faollari va hudud yoshlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida yig’ilganlar kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishish barobarida hudud bolalari bilan suhbatda bo’lishdi. Samimiy va katta qiziqish bilan o’z fikrlarini bildirayotgan yoshlarga Ibrat Academyning oltin kartochkalari sovg’a qilindi. Uchrashuv yakunida yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Alisher Sa’dullayev tomonidan bir guruh faol Olotlik yoshlarga Toshkent shahriga 1 haftalik sayohat va dam olish yo‘llanmasi sovg‘a qilindi. Bu esa yig‘ilgan yoshlarning qalblarida yanada katta quvonch ulashdi.

Aholining yoshu qari vakillari ushbu ezgu tashabbusni katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Mahallada ma’naviy muhitni mustahkamlash, kitobxonlikni targ‘ib etish va yosh avlod uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan bunday loyihalar yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *