Siz bilan bo‘lgan har bir uchrashuv va muloqotda yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch va alohida e’tiboringizni his qilamiz. Aynan mana shu ishonch millionlab o‘g‘il-qizlaringizga katta maqsadlar sari intilish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun ilhom bag‘ishlaydi.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning porloq kelajagi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.






Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida biz — yoshlar hamisha Siz bilan birgamiz!
