Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Umida TESHABOYEVA bilan suhbat

Istiqlolning dastlabki davrida sohamizga e’tibor yetarli bo‘lmadi. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi g‘ariblashdi, o‘n minglab fondi bilan u binodan bunisiga ko‘chib yurgan holatlar bo‘ldi. Kutubxonachilarning maoshini birovga aytishga xijolat bo‘lardi odam. Shunda ham ular ishni tashlab ketmadi, sabr-toqat bilan vazifasining ma’naviy foydasini o‘ylab, shundan taskin topib yashadi. Bu dargohda kitobni sevadiganlar qoldi. Biz tushunishga harakat qildik: yosh davlatga kutubxonadan ko‘ra iqtisodiyot, mudofaa va boshqa sohalar muhimroq, deb.
Moddiy farovonlik va ma’naviy yuksalishni barobar olib ketish ilojsizday edi nazarimizda.
