



Ma’rifat soatini AKM hodimi M.Nurmatova ochib berib, bugungi ma’ruza matnni o’qib eshittirdi.Ma’ruzada aytilishicha Avvalo, “jinoyat” so‘ziga ta’rif beradigan bo‘lsak, bu so‘z bir necha asrlardan buyon qo‘llanilib kelinayotgan “taqiqlangan”, “gunoh”, “ayb”, “qonunga zid” so‘zlariga sinonim sifatida izohlanadi. Ammo, mazkur so‘zga yangicha ma’no ham yuklatilgan: sud jarayonida qonunbuzarlikning eng oliy darajasi deb topilgan biror xatti-harakat, holat yoki harakatsizlikka nisbatan qo‘llaniladi.“E’tirof etish kerakki, huquqbuzarliklarning bir qismi tayin bir ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda.Bunday shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi” deb o’z fikrlarini AKM xodimlari o’z fikrlarini bildirib o’tdilar.
