Buxoro viloyati Olot tumanidagi 17-umumta’lim maktabi “Yozgi oromgohlar va sog’lomlashtirish markazlarida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari yuqori darajada o’tkazildi.
➡️Mazkur tadbir ta’lim muassasalarida kutubxona faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratildi.
