#Mustaqillikning _35_yilligi
Olot tumani Axborot -kutubxona markazida Axborot bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan kutubxonaga kelgan vaqtli matbuot nashrlarida chop etilgan huquqga oid dolzarb maqolalar yuzasidan “Axborot kuni” oʻtkazildi. Tadbirda FVV Olot tumani boʻlinmasi xodimlari ishtirok etishdi. “Huquq” gazetasining shu yilgi sonlarida chop etilgan dolzarb maqolalar haqida kutubxonachi xodim M.Nurmatova oʻqib eshittirdi.



Natijada davra ishtirokchilarining huquqiy savodxonliklari yana bir karra oshdi. Ishtirokchilar mavzuga oid savollar berdilar va kutubxonachi xodimlar tomonidan javob oldilar. Tadbir qiziqarli oʻtdi va unda 8 kishi ishtirok etdi, shulardan 5 kishi yoshlardan iborat.
