Mustaqillik_35_yilligi
Mustaqillik_35_yilligi

Mustaqillik_35_yilligi

Olot tumani Axborot -kutubxona markazida yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami munosabati bilan ijodiy uchrashuv kechasi boʻlib oʻtdi.

Kechaga Olot tumani qalamkashlari va Gʻijduvon tuman nuroniylari, yoshlari tashrif buyurdilar. Tuman maʼnaviyat va maʼrifat maskani, nuroniylar maskani hamda faol kitobxonlar tadbirda ishtirok etishdi. Tadbirni tuman Axborot -kutubxona markazi direktori N.Azimova ochib berdi va kutubxona haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdilar.

Shundan soʻng mushoiralik boshlandi. Shoir va adiblar J.Hamro, D.Joʻrayevalar oʻzlarining ijod namunalaridan aytib oʻtdilar. Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Samad Muhammad Damin hamda Gʻijduvon tumani Folklor dasta rahbari Qoʻchqorova Nigora oʻzlari mutolaa qilgan asarlardan hikoya qildilar. Davra ishtirokchilarining barchasi sheʼrlar va ruboiylar, dostonlar aytib davraga fayz kiritdilar.

Tadbir qiziqarli oʻtdi, unda 41 kishi ishtirok etdi, yoshlar 7 kishini tashkil etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *