QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT — YANGI OʻZBEKISTON POYDEVORI
QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT — YANGI OʻZBEKISTON POYDEVORI

QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT — YANGI OʻZBEKISTON POYDEVORI

Olot tumanidagi mahallalarda “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tumani boʻlinmasi, tuman Mahallalar uyushmasi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman kengashi hamkorligida oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida vatanparvarlik, oilaparvarlik, mehr-oqibat va milliy anʼanalarga hurmat tuygʻularini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlarkeng ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Targʻibot tadbirlarida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomining taqdimotlari ham oʻtkazilib, unda xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari va qadriyatlari keng yoritilgani alohida taʼkidlandi. Kitob-albom ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Bunday maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar jamiyatda milliy qadriyatlarni targʻib qilish, mahallalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni mustahkamlash hamda aholining ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *